Joriy yilning noyabr oyida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Qarshi davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi PF-35-son "2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida"gi farmoni ijrosi tahlil qilindi.
— Tahlil natijasiga ko'ra, yillik mehnat ta'tiliga chiqqan xodimlarga yillik mehnat ta'til pullari to'liq to'lanmasdan 3 va 5 kunga kam hisoblab to'lab berilganligi aniqlandi. Vaholanki, yuqoridagi Farmonning 3-bandida har yilgi mehnat ta'tili davrida saqlanadigan o'rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta'tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinishi va unga ushbu Farmonning 1-bandi "a" kichik bandida belgilangan qo'shimcha dam olish kunlari qo'shilishi belgilangan bo'lsada lekin ta'til pullari kam to'lab kelingan. Adliya aralashgach, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Qarshi davlat universitetiga joriy yilning 17 noyabr kuni taqdimnoma kiritildi. Taqdimnoma natijasida 751 nafar xodimga 898 mln. kam to'langan ta'til pullari to'lab berildi, — deydi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi boshlig'i E. Ismoilov.