Gumondorlarning qoʻl sumkalari bojxona nazoratidan oʻtkazildi. Savol-javob qilinganda har birida 5 ming AQSH dollaridan jami 20 ming AQSH dollari borligi aniqlandi.

Aslida esa ushbu xorij valyutalari fuqaro J.Jga tegishli ekani, fuqaro J.Jning iltimosiga koʻra va maʼlum bir haq evaziga bojxona nazoratidan aldov yoʻlidan foydalangan holda 20 ming AQSH dollarini olib oʻtishmoqchi ekani maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro J.Jga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning oʻtgan 6 oyida davomida “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan 14 holatda 83 ming 280 AQSH dollari, 5 mln 923 ming Rossiya rubli va 94 ming 210 Ukraina grivnasini (yaʼni ushbu xorij valyutalarni kurs boʻyicha soʻmdagi qiymati 1 651 383 577,6 soʻmni tashkil etdi) bojxona nazoratidan yashirgan holda olib chiqishga uringan shaxslar fosh etildi.