Mazkur asarni koreys kitobxonlariga yetkazish uchun tarjimon ikki yarim yil davomida chuqur izlanishlar olib bordi.
Tarjimani yanada aniq va mazmunli qilish maqsadida, u 2025-yil 21–31-mart kunlari Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Toshkent, Margʻilon, Qoʻqon va Fargʻona shaharlarida boʻlib oʻtgan roman voqealari manzaralari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, u Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti professor-oʻqituvchilari bilan tarjima jarayoni boʻyicha fikr almashdi.
Ushbu saʼy-harakatlar natijasi oʻlaroq, 2025-yil 30-iyun kuni Koreya Respublikasining Seul shahrida roman taqdimotiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi. Unda mamlakat parlamenti, hukumat, vazirlik va idoralar vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda diplomatik korpus va faol vatandoshlar ishtirok etdilar.









