CHusovitina 13,516 ball to'plagan. Ikkinchi o'rinni 30 yoshli sloveniyalik Teya Belak (13,366) egalladi, uchinchi o'rinni uning hamyurti 31 yoshli Tyas Kiselef (13,283) egalladi.

CHusovitina sport gimnastikasining noyob vakili hisoblanadi. U sakkizta yozgi Olimpiadada (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020) ishtirok etgan.

Avvalroq CHusovitina 2028 yilda Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritishga harakat qilishini aytgandi. U jarohati tufayli Parij o'yinlariga chiqa olmadi.