Konferensiyada AQSHning Oʻzbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum, AQSH kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari, Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Daniyel Singer, Xalqaro migratsiya tashkilotining Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Oʻzbekistondagi missiyasi rahbari, Markaziy Osiyo boʻyicha Sub-mintaqaviy koordinator Zeynal Gajiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi Bahodir Yusupaliyev hamda qator xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etmoqda.
Taʼkidlash joizki, mazkur loyiha Markaziy Osiyo mamlakatlarida chegarada sogʻliqni saqlash boʻyicha ilk loyiha hisoblanadi. COVID-19 pandemiyasi Xalqaro tibbiy sanitariya qoidalarini amalga oshirishda bir qator muammolarni aniqladi, ulardan biri kirish punktlarining (KP) tayyorgarlik darajasiga oiddir. Loyiha doirasida Xalqaro migratsiya tashkiloti sogʻliqni saqlash, chegara va migratsiya uchun masʼul boʻlgan asosiy vazirliklar vakillarini oʻz ichiga olgan idoralararo chegara sogʻliqni saqlash guruhini yaratishga yordam berdi. Kirish punktlarining tibbiy va tibbiy boʻlmagan xodimlarini keyingi tayyorlash uchun 3 kunlik trening tashkil etildi. Trening dasturi bir qator mavzularni oʻz ichiga oladi, jumladan: shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, yuqumli kasalliklar alomatlari gumon qilingan yoʻlovchilarni aniqlash, izolyatsiya qilish, xabar berish va qoʻllab-quvvatlash, standart operatsion protseduralarni ishlab chiqish va shu kabi boshqa rejalar.
Kirish punktlarida ehtiyojni baholash davomida va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi milliy hamkorlar bilan suhbatlardan maʼlum boʻlishicha, hozirgi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari MDH platformasi aʼzolari sifatida MDH Sogʻliqni saqlash Kengashi doirasi ishtirok etib, yuqumli kasalliklar boʻyicha maʼlumot almashish imkoniyatiga egalar. Shu bilan birga, MDH shafeʼligida maʼlumotlarni boshqarish qanday tashkil etilganligi nomaʼlum. Baholash shuni koʻrsatdiki, barcha Markaziy Osiyo davlatlar orasida muntazam ravishda maʼlumotlar almashish yoʻlga qoʻyilmagan. Baʼzi Markaziy Osiyo mamlakatlarida ikki tomonlama shartnomalar mavjud, ammo pandemiya paytida mamlakatlar oʻrtasida aloqa toʻxtatilgan.
Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun XMT CDC va JSST bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlarining turli vazirliklaridan koʻp tarmoqli guruh vakillari ishtirokida Markaziy Osiyo mintaqaviy tadbirini oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Ishtirokchilar ehtiyojlarni baholash natijalari bilan oʻrtoqlashish, boshqa mintaqalarda transchegaraviy muvofiqlashtirishning xalqaro amaliyoti toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish, mintaqada transchegaraviy muvofiqlashtirish va axborot almashinuvining mumkin boʻlgan yondashuvlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad muvofiqlashtirish va axborot almashishning samarali modeli orqali Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida transchegaraviy muvofiqlashtirish va muloqotni takomillashtirishdir. Hozirgi transchegaraviy muvofiqlashtirish platformasini aniqlash, boʻshliqlarni tahlil qilish va takomillashtirishning mumkin boʻlgan usullari boʻyicha tavsiyalar hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining turli vazirliklari vakillari bilan birgalikda mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro axborot almashish boʻyicha transchegaraviy tuzilmasini ishlab chiqishdan iborat.