«Mahalla MFYlar tuman (shahar) hokimliklariga koʻmirga ehtiyojmand xonadonlar va ehtiyoj hajmi haqida roʻyxat taqdim etadi.

➖Tuman (shahar) hokimliklari ushbu roʻyxatni tasdiqlatish uchun viloyat xokimligiga yuboradi. Viloyat xokimiyatlari energetika vazirligi bilan xamkorlikda reja-grafik ishlab chiqadi. Ishlab chiqilgan grafiklar “Oʻzbekkumir” AJ va “Koʻmir taʼminot” MCHJ bilan kelishiladi.

➖Grafik tasdiklangandan keyin mahalla fukarolar yigʻini tomonidan fukarolarga roʻyxat asosida talon beriladi.

Fuqarolar ushblu talon orqali “Koʻmir taʼminot” MCHJ tegishli omborlaridan MFY raislari ishtirokida koʻmir sotib oladi».