Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Joʻrabek Choʻtmatovning izlanishlari samarasi oʻlaroq ushbu asar qoʻlyozmasi Turkiyaning Burdur shahridan topildi va u nashrga tayyorlandi.
Dunyo tadqiqotchilari eʼtiboriga havola etish maqsadida asar arab tilida Istanbul shahridagi “Dor al-kutub-arabiyya” nashriyotida “Bahr at-tafsir” (“Tafsir ummoni”) nomi bilan chop etildi. Asarni oʻzbek tilida ham nashr etish koʻzda tutilgan.