Journal of Alzheimer's Disease jurnalida chop etilgan tadqiqotda yozilishicha, multimodal, shaxsiylashtirilgan davolash rejasi Alsgeymer kasalligi bilan og'rigan odamlarning kognitiv funksiyasini yaxshilaydi.

Ish davomida olimlar kognitiv buzilishlari bo'lgan 34 ishtirokchini kuzatishdi. Olti oy davomida bemorlar muntazam ravishda klinikalarga borishdi va ovqatlanish bo'yicha har hafta telefon orqali maslahat olishdi. Kognitiv funksiya Monreal kognitiv baholash (MoCA) usuli yordamida kuzatuv boshlanishidan oldin va tadqiqot boshlanganidan bir, uch va olti oy o'tgach baholandi.

Natijalar shuni ko'rsatdiki, olti oydan so'ng ishtirokchilarning miya faoliyati sezilarli yaxshilandi. Shunday qilib, MoCA ko'rsatkichlari 19,6 dan 21,7 punktga ko'tarildi. Bundan tashqari, ishtirokchilarning xotirasi, fikrlashi, og'zaki nutqi va konsentratsiyasi yaxshilandi. Tadqiqotchilar kognitiv nuqsonlari bo'lgan odamlarga shaxsiylashtirilgan, har tomonlama yondashuv muhimligini ta'kidlashdi, deb xabar beradi lenta.ru.