Amerika hukumati munosabatini AQSH kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazlarining tibbiy direktori Mitchell Vul`f, AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlarining mintaqaviy direktori Daniel Singer va Oq uyning Koronavirus vazifalarini muvofiqlashtiruvchi CHarlz Vitek taqdim etdi.
Vashingtondagi Kaspiy siyosiy markazi ko'magida tashkil etilgan ushbu tadbir videokonferentsiyaning barcha ishtirokchilariga kronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo'yicha har bir mamlakatning tajribasini o'rganish, yangi avjlar paydo bo'lishining oldini olish borasidagi so'nggi innovatsion yondashuvlar bilan o'rtoqlashish, shuningdek, hozirgi sharoitda iqtisodiy faoliyatni tiklash jarayonini muhokama qilish imkonini berdi.
Ta'kidlandiki, aksariyat davlatlar COVID-19 global pandemiyasining tarqalishi natijasida sog'liqni saqlash sohasida jiddiy muammolarga duch kelmoqdalar. Ishtirokchilar fikriga ko'ra, ushbu muammolarni samarali hal etish mintaqada ham, global sheriklar bilan ham yaxlit yondashuv va yaqin hamkorlikni talab qiladi.
AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazlarining yuqori martabali rasmiylari koronavirus keng tarqalishining oldini olish bo'yicha o'z vaqtida ko'rilgan choralar Markaziy Osiyo mamlakatlariga mintaqada COVID-19 tarqalishining oldini olishga imkon berganligini statistika tasdiqlamoqda.
CDCning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy dierktori Daniel Singer, Amerika hukumati mintaqa mamlakatlari bilan yaqindan ishlashga va pandemiyaga qarshi kurashda zarur yordam ko'rsatishga tayyorligini ta'kidladi. Aytib o'tilganidek, “faqat birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz bilan bu kabi yuqumli kasalliklarni engishimiz mumkin”.
Oq uyning Koronavirus dasturini muvofiqlashtirish bo'yicha koordinatori CHarl`z Vitek cheklov choralarini bekor qilish jarayonida innovatsion yondashuvlardan faol foydalanishga chaqirdi. Odamlarning xavfsizligini ta'minlaydigan mutlaqo yangi ish usullarini joriy etish kerak, dedi mutaxassis.
Videokonferentsiya natijasida tomonlar amaliy tajriba almashish, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashning eng yaxshi usullarini topish, shuningdek, pandemiyaning aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga salbiy ta'sirini umumlashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash uchun suhbatni o'xshash formatda davom ettirishga kelishib oldilar.