Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Axborot xizmati xabariga koʻra, Amerikalik tadqiqotchining kitobida Oʻzbekiston sayyohlik salohiyati tasvirlanadi.

Terrel Jermeyn Starr Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi tashabbusi hamda Oʻzbekiston Respublikasida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi koʻmagida hozirgi kunda Yevroosiyo markazining “Atlantic Council” va Amerika Qoʻshma Shtatlarining yetakchi ilmiy-tadqiqot institutida katta ilmiy xodim hamda “The Root” onlayn jurnalining muxbiridir. Ayni paytda T. Starr oʻzining shaxsiy kitobini nashr etish ustida ishlamoqda, mazkur kitob boblaridan biri amerikaliklarning 1932-1933-yillarda Turkistonda boʻlgan davriga bagʻishlangan boʻlib, xususan, “Harlem Uygʻonish” madaniyati yozuvchilaridan biri va “jaz sheʼriyatining” asoschisi Langston Xyuz va Oliver Golden, Toshkent viloyatida paxtaning yangi navlarini yaratish bilan shugʻullangan. T.Starr L.Xyuzning sayohati toʻgʻrisida mavjud arxiv materiallarini oʻrganishni va oʻz kitobining alohida bobini Oʻzbekiston shaharlari, respublikaning tarixiy-madaniy merosi va sayyohlik salohiyatiga bagʻishlashni rejalashtirgan. 

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda mehmon Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati, mamlakatimiz turizm sohasidagi islohotlar, yangi turistik mahsulotlar, inshootlar, dam olish joylari va marshrutlari, shuningdek, milliy gastronomiya, hunarmandchilik va boshqalar bilan batafsil tanishdi. Sayyohlar uchun sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning yangi tizimi “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED”. “Oʻzbekiston oʻzining mehmondoʻstligi va boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqqol ajralib turadi, L.Xyuz oʻz asarlarida mamlakatimizni juda yaxshi tasvirlagan. Dunyoga koʻplab sayyohlar uchun hali kashf qilinmagan baʼzi qiziqarli joylarni ziyorat qilishni istagan har bir inson uchun yangi Oʻzbekistonni, yangi imkoniyatlarni va uning ochiqligini koʻrsatish kerak”, – dedi T.Starr. Mutaxassis, shuningdek, Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida respublikaning turistik salohiyati toʻgʻrisida tegishli xabar va materiallarni nashr etish orqali Oʻzbekistonning turizm brendini targʻib qilish gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi. 

Mamlakatning sayyohlik salohiyati, tarixi va urf-odatlari bilan batafsilroq tanishish uchun Starr Toshkent, Jizzax, Andijon va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Nukus shaharlarida boʻldi. Terrel Starr shuningdek, tashqi siyosat, sayohatlar, madaniyat va yangiliklar toʻgʻrisidagi haftalik “Black Diplomats” radioeshittirishining asoschisi va boshlovchisi. Uchrashuv natijasida amerikalik olimlar tomonidan Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlarning mohiyati va mazmun-mohiyatini ochib beruvchi bir qator axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.