Andijon va Ohangaron tumanlarida elektr tarmogʻiga yashirin ulangan shaxslar ushlandi

    Hisob-kitoblarga koʻra, 1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

    Andijon va Ohangaron tumanlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

    Maʼlum qilinishicha, Andijon tumanida “K.R.” va “I.Ch.” MCHJlarning masʼul shaxslari “R.” nomli choyxona hamda ishlab chiqarish sexida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga yashirin ulangan.

    Oqibatda 717,7 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

    Shuningdek, Ohangaron tumanida “T.B.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari tijorat maqsadida 2 dona suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulagan.

    Natijada jami 309,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda