Tursunov Otabek Ravshanbek oʻgʻli 1984-yilda Andijon shahrida tugʻilgan. 2007-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004-yili Andijon viloyati Andijon shahar Sanoat qurilish temp masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼminotchisi vazifasidan boshlagan.

2007-2010-yillarda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Banklar maʼlumotlari asosida soliq toʻlovchilarning byudjet bilan munosabatlarini tahlil qilish shoʻbasi davlat soliq inspektori boʻlgan.

2012-2014-yillarda Andijon viloyati davlat soliq boshkarmasi Yuridik shaxslarga soliq solish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Tursunov Otabek Ravshanbek oʻgʻli, Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.

Andijon viloyati hokimligi Tursunov Otabek Ravshanbek oʻgʻlini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab qoladi.