“Andijon yogʻ-moy” AJ — 1906-yilda tashkil qilingan. Korxonaning 58,36 % ulushi Davlatga, 41,64 % esa boshqa taʼsischilarga tegishli. Umumiy yer maydoni 11,7 gektarni tashkil qilib, shundan 36 ming 786,1 kv. metr bino-inshootlarni tashkil etadi.
Korxona tomonidan oʻsimlik yogʻi, xoʻjalik sovuni, shrot va sheluxa ishlab chiqarilib, bugungi kunda 520 nafar ishchilar ishlab kelmoqda. Oʻtgan yili korxonada 559 ta ishchi faoliyat yuritgan.
Jamiyatning yillik ishlab chiqarish quvvati 120 ming tonnani tashkil qilib, undan foydalanish darajasi oʻrtacha 30 % ga tushib ketgan.
Jumladan, 2019-yilning 9 oyi yakuni boʻyicha texnik chigitni qayta ishlash 30 ming 300 tonnani tashkil qilib, joriy yil 9 oy yakuni boʻyicha esa 11 ming 400 tonnani tashkil qilib, ishlab chiqarish oʻtgan yilga nisbatan qariyb 63 % ga kamayib ketgan.
Bu esa yillik ishlab chiqarish quvvatiga nisbatan, undan foydalanish darajasi 9,5 % ni tashkil qiladi.
Andijon shahrining markazida joylashgan ushbu yirik ishlab chiqarish korxonasining ishlab chiqarish quvvatiga nisbatan 9,5 %ga ishlayotgani mazkur korxona faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish lozimligi Yurtboshimizning eʼtiboriga tushgan.
“Asaka yogʻ-moy” AJ — 1913-yilda tashkil qilingan. Korxonaning 51,15 % ulushi Davlatga, 49,81% esa boshqa taʼsischilarga tegishli. Umumiy yer maydoni 11,57 gektarni tashkil qilib, shundan 53 ming 161 kv. metr bino-inshootlarni tashkil etadi.
Korxona tomonidan oʻsimlik yogʻi, xoʻjalik sovuni, shrot va sheluxa ishlab chiqarilib, bugungi kunda 550 nafar ishchilar ishlab kelmoqda. Oʻtgan yili korxonada 625 ta ishchi faoliyat yuritgan.
Jamiyatning yillik ishlab chiqarish quvvati 126 ming tonnani tashkil qilib, undan foydalanish darajasi oʻrtacha 36 % ga tushib ketgan.
Jumladan, 2019-yil 9 oyi yakuni boʻyicha texnik chigitni qayta ishlash 34 ming 365 tonnani tashkil qilib, joriy yil 9 oy yakuni boʻyicha esa 13 ming 297 tonnani tashkil qilib, ishlab chiqarish oʻtgan yilga nisbatan qariyb 62 % ga kamayib ketgan.
Bu esa yillik ishlab chiqarish quvvatiga nisbatan, undan foydalanish darajasi 10,5 % ni tashkil qiladi.
Yuqoridagi tahlillardan koʻrinib turibdiki, viloyatimizdagi eng yirik ishlab chiqarish korxonalari boʻlgan “Andijon yogʻ-moy” va “Asaka yogʻ-moy” aksiyadorlik jamiyatlari yillik ishlab chiqarish quvvatiga nisbatan atigi 9-10 % dan ishlamoqda.
Andijon viloyati hokimligi
matbuot xizmati