Xususan, shunday holatlardan biri yaqinda Andijon viloyati Jalaquduq tumani, “Gʻayrat” MFYda yashovchi Sh. E. tomonidan sodir etilgani maʼlum boʻldi.

Gap shundaki, u oʻziga tegishli oshxona elektr qurilmalarini tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, 427,7 ming kVt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Bu bilan taʼminot korxonasiga 191,5 million soʻm miqdorda zarar yetkazgan.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.