Andijonda fuqaro “zapravka“da 2 ta boʻrini boqib kelayotgani aniqlandi

    Yashil sayyora 3 Iyun 2025 571

    Hozirda boʻrilar veterinariya koʻrigidan oʻtkazilib, sogʻlom ekanligi tasdiqlandi.

    Qayd etilishicha, Andijon viloyati prokuraturasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi hamkorligida olib borilgan targʻibot-tashviqot, profilaktika hamda surishtiruv va oʻrganish ishlari natijasida Andijon shahar Farobiy MFYda yashovchi fuqaro, A.A tomonidan Shahar hududidagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida 2 dona Oʻrta Osiyo boʻrilarini boqib kelganligi aniqlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning 23-may kuni fuqaro oʻz ixtiyori bilan ushbu boʻrilarni “Usmonobod Fayzi“ MCHJga qarashli hayvonot bogʻiga topshirgan.

    Boʻrilarning kelgusida hayvonot bogʻida qolishi va parvarishi yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda, — deyiladi xabarda.