Samarqandda fuqaro sher bolasini dala hovlisiga yashirgani aniqlandi

    Yashil sayyora 24 May 2025 784

    Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda fuqaro oʻz mashinasida sher bolasini olib yurgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat boʻyicha viloyat Ekologiya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIB xodimlari oʻrganish olib bordi.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan oʻrganishlarda Samarqand tumanida yashovchi fuqaro Afrika sheri bolasini tumanning “Oqboʻyro“ mahallasi hududidagi dala hovlining sim toʻsigʻiga bogʻlab ketilgani aniqlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, sher bolasiga birinchi yordam koʻrsatilib, vaqtincha saqlash uchun viloyat kinologiya markaziga olib kelindi hamda alohida parvarishga olinib, tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

    Ayni paytda ushbu qonunbuzarlik yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, viloyat prokuraturasi tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda.