Viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, yirtqich qushning bir qanoti yaralangan va uchishga imkoni boʻlmagan. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasida mutaxassislar tomonidan qush alohida oʻrganilib, qushga tibbiy va ijtimoiy yordam zarurligi maʼlum boʻldi.
Shundan soʻng, shu yilning 26-may kuni Zarbdor tuman Ekologiya inspeksiyasi boshligʻi Begzod Namozov tomonidan yirtqich qush Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan hayvonlarni reabilitatsiya va reproduksiya qilish markazi — “Protection wild animals” MCHJga topshirildi. Bu yerda tasqara qushini saqlash, parvarish qilish va tabiatga qaytarish choralari koʻriladi.








