Oʻz vaqtida olib borilgan agrotexnik tadbirlar evaziga joriy yilning 3-iyun kuni 6 ming 317 tonna tovar don sotilib, reja ortigʻi bilan bajarildi.
Tumandagi “Zamin Angor klaster” MCHJ va “Saidnosirxon”, “Angor Xomkon mirishkori”, “Xomkon mirishkor dehqonlari”, “Xonnazarov Zafar”, “Ravshanbek polvon Angor”, “Qoraqir tomchilari”, “Oʻktambek Sunnatbek” kabi fermer xoʻjaliklari har bir gektardan 75-80 sentnerdan hosil olishga erishganliklari uchun shartnomaviy reja bajarildi.
Hozirgi kunda tumanda gʻalla oʻrim-yigʻimi davom etmoqda, klaster hamda fermer xoʻjaliklari tomonidan yana 9 705 tonna urugʻlik don hamda 5000 tonna birja savdolari orqali qoʻshimcha sara don sotish rejalashtirilgan.
Zoir Quliyev,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
“Oʻzagroinspeksiya”ning Surxondaryo
viloyat boshqarmasining bosh inspektori