“Angren IES”da quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

    Energetika 5 Yanvar 2024 1816

    “Angren IES” AJda quvvati 100 kVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

    Bu esa stansiyada muqobil energiya manbalarini joriy etish orqali oʻz ehtiyojlarini qayta tiklanuvchi energiyadan qoplash imkonini beradi.

    Stansiya ishga tushirilishi natijasida yiliga qoʻshimcha 150 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

    Buning natijasida yiliga 53 ming kub/metr tabiiy gaz yoki 140 tonnagacha koʻmir yoqilgʻisi tejaladi, deb xabar beradi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati.