Bu esa stansiyada muqobil energiya manbalarini joriy etish orqali oʻz ehtiyojlarini qayta tiklanuvchi energiyadan qoplash imkonini beradi.

Stansiya ishga tushirilishi natijasida yiliga qoʻshimcha 150 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Buning natijasida yiliga 53 ming kub/metr tabiiy gaz yoki 140 tonnagacha koʻmir yoqilgʻisi tejaladi, deb xabar beradi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati.