Mamlakatimizning har bir fuqarosi qaerda bo'lmasin O'zbekiston taqdiriga befarq yashay olmaydi. Xususan, bugun chet elda tahsil olayotgan, ilmiy izlanishlar qilayotgan, umuman xorijda bo'lsada yurtimizdagi o'zgarishlarga daxldorlik hissi bilan yashab kelayotgan vatandoshlarimiz ko'plab topiladi.

“YAngi O'zbekiston” nashri dunyoning turli nuqtalaridagi ana shunday hamyurtlarimiz bilan turkum suhbatlar uyushtirishni maqsad qilgan.

Ilk suhbatdoshimiz bugungi kunda Amerika Qo'shma SHtatlaridagi CHikago shahrida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtimiz Ikromjon Tuxtasinov bo'ldi. Qahramonimiz Namangan shahrida tug'ilgan. 2017 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Jahon siyosati” yo'nalishi, 2019 yil AQSHdagi nufuzli Notre Dame universitetining “Xalqaro munosabatlar” yo'nalishi magistratura bosqichini tamomlagan.

M.: Ikromjon O'zbekistondan salomlar! Avvalo, inter`vyuga rozilik berganingiz uchun tashakkur. endi bevosita savollarga o'tsam. Nima uchun hozir aynan Qo'shma SHtatlardasiz?

I.T.: Katta rahmat! Okean ortidan men ham salom yo'llashdan va “YAngi O'zbekiston” nashriga inter`vyu berayotganimdan xursand bo'ldim. Bir necha yillardan beri xorijda bo'lsam-da mamlakatimizdagi yangiliklarni kuzatib borishga harakat qilaman. So'nggi vaqtlar yurtimizda ommaviy axborot vositalarining soni ko'paymoqda. Ular safiga “YAngi O'zbekiston” nashrining qo'shilgani axborot makonida raqobat va xilma-xillikka olib keladi va soha rivojlanishiga xizmat qiladi, deb ishonaman.

Savolingizga to'xtaladigan bo'lsam, javob sifatida o'nlab sabablarni keltirishim mumkin. Lekin, eng asosiy sabablardan biri AQSHda yuqori sifatli ta'limning mavjudligi bo'lgan. Ana shu ta'limdan bahramand bo'lish uchun ham bu erga keldim.

Qariyb uch yildan beri CHikagoda istiqomat qilyapman. O'tgan yili CHikagoda joylashgan Notre Dame universitetining “Xalqaro munosabatlar” yo'nalishi magistratura bosqichini tamomladim. Hozir ishlash bilan birga doktoronturaga kirish uchun tayyorgarlik ko'ryapman.

Ochig'i bu erga kelib kuchli raqobat tufayli sinovlarda yaxshigina toblandim. CHunki, hayot bu erda sizni ayab o'tirmaydi, to'xtab qolishga haqqingiz yo'q. Boisi xarajatlar ham to'xtamaydi. SHuning uchun mehnatdan to'xtamasligingiz lozim. Biroq boshlanishi doim qiyin kechadi. Ammo ozgina vaqt o'tib moslashib olganingizdan keyin ko'p narsa osonlashadi. Bu erda qancha ko'p mehnat qilsangiz, shuncha ko'p daromad topa olasiz. YA'ni, malakali ishchi bo'lsangiz, malakasiz ishchiga nisbatan ko'proq maosh berishadi. Bu esa, o'z navbatida ta'lim olish va o'z ustingizda uzluksiz ishlashga ishtiyoq bag'ishlaydi.

M.: Sizningcha, O'zbekistonda AQSHning qanday tajribalarini qo'llash yaxshi samara beradi?

I.T.: Bu savolga javob berish biroz qiyin. CHunki bir tomondan O'zbekiston va AQSH boshqa-boshqa mintaqalarda joylashgan. Urf-odat, madaniyat, xalqlarimiz o'rtasidagi dunyoqarashlar ham turlicha. SHuning uchun AQSHda muvaffaqiyat qozongan qandaydir g'oya O'zbekistonda ham aniq yutuq olib keladi, deb bo'lmaydi. Lekin, umumiy qilib aytganda, AQSHning uzoq yillik tarixiga nazar solib demokratiya, erkinlik, inson huquqlari va ochiqlik siyosati mamlakat rivojlanishida muhim omil bo'lgan, deb ayta olaman. Bu elementar nazariyadek tuyilishi mumkin. Ammo aslini olib aytganda eng fundamental g'oyalar aynan shulardir.

M.: YAngi O'zbekistonning kelajagini qanday tasavvur qilasiz?

I.T.: Ochig'i, chet elda va ayniqsa rivojlangan davlatda turvolib balandparvoz gaplarni aytishni xohlamasdim. Siyosatshunos tadqiqotchi sifatida yurtimizda qisqa vaqtda erishilgan yutuqlarni olqishlayman. Muhimi, islohotlar uchun ustuvor yo'nalishlar belgilab olindi. endi ularni amalga oshirish uchun buzib bo'lmas tamoyillarni ham belgilab olinsa yaxshi bo'lardi. e'tiborni qilingan ishlarga emas, qilinishi lozim bo'lgan masalalarga qaratish zarur.

Aslida O'zbekiston yashash uchun bebaho maskan, kelajagimni O'zbekistondan uzoqda tasavvur qilolmayman. Ammo men tasavvur qiladigan “YAngi O'zbekiston” muammolardan xoli, afzalliklari faqat o'zbekistonliklar uchun shunchaki ona vatan sifatida emas, har qanday insonga qulay yashash joyi sifatida shakllangan davlat bo'lishi kerak.

M.: Bo'sh vaqtlaringizda nimalar bilan mashg'ul bo'lasiz?

I.T.: Bu erda vaqt juda tez o'tadi. Universitetda o'qish payti bo'sh vaqtim deyarli bo'lmas edi. Agar bo'sh vaqt bo'lib qolsa, sayr qilishni yoqtirardim. Odamlar bilan suhbatda bo'lish ham zavq bag'ishlardi. Futbol o'ynash esa ham jismonan, ham ma'nan yordam berardi. Koronavirus pandemiyasi tufayli bularning bari yo'q bo'ldi va mana ikki oydan beri uydamiz. Uyda o'tirganda o'zimni foydali ishlar bilan band qilishga harakat qilyapman. Asosan mutaxassisligimga oid ilmiy maqolalarni va tahliliy materiallarni o'qiyapman. Unday tashqari, xalqaro munosabatlar, iqtisod va badiiy asarlar o'qish ham kundalik ish-rejamga kiritilgan.

SHu bilan birga ajoyib odatim bor. YA'ni, bir kitobni tugatib ikkinchisini boshlab emas, balki bir vaqtning o'zida bir nechta kitoblarni mutolaa qilishni yaxshi ko'raman. Masalan avtomobilimdan o'qiydigan, uxlashdan oldin va konsentratsiyam to'la bo'lganda o'qiydigan kitoblarim mavjud. SHu sababdan bir qancha kitoblarni birdan boshlab qo'yaman.

M.: Kelgusidagi rejalaringiz qanday?

I.T.: Maqsadim ilmiy soha bilan bog'liq. Umid qilamanki, ilmiy ishlar va g'oyalar orqali jamiyatga foydasi tegadigan mutaxassis bo'laman.

 

Nurillo To'xtasinov

suhbatlashdi