AQSH Yuqumli kasalliklarni tarqalishini nazorat qilish markazi 2021-yil 26-yanvardan boshlab AQSHga chet eldan kelgan 2 va undan katta yoshdagi aviayoʻlovchilar parvozga roʻyxatdan oʻtish paytida kamida 72 soat ichida amalga oshirilgan COVID-19 uchun SARS-COV-2 PZR usuli bilan topshirligan testdan oʻtganligi maʼlumotnomasiga ega boʻlishi kerakligini eʼlon qildi. Maʼlumotnoma ingliz tilida boʻlishi kerak.
PZR-testning manfiy natijasini taqdim etmagan yoʻlovchilar AQSH qatnovlariga roʻyxatdan oʻtkazilmaydilar.