Avvaliga tadqiqotchilar 43 ta namunani tahlil qilib, SARS-CoV-2ning asl variantini qanchalik darajada bartaraf etishini tekshirib koʻrishdi. Eng kuchli toʻqqizta zararsizlantiruvchi zarracha kemiruvchilarda sinovdan oʻtgan. Ushbu namunalardan eng samaralisi tanlangan.

Maʼlum boʻlishicha, SARS-CoV-2-38 antitanachalari koronavirusning “alfa”, “beta”, “gamma”, “delta”, «kappa», “yota” mutatsiyalaridan himoya qila oladi. Past konsentratsiyada neytrallash qobiliyati yuqori.

Avvalroq, nemis olimlari SARS-CoV-2 va uning yangi xavfli variantlarini samarali blokirovka qiladigan va shu bilan birga, ilgari yaratilgan analoglardan ming barobar yuqori boʻlgan nanotellalarni ishlab chiqishgani haqida xabar berilgan edi.