Bu haqda Amerikaning JAMA Netwok tibbiy jurnali xabar bermoqda.

“Aftidan, maʼlum bir mutatsiya virusni yuqumli holga keltirishi mumkin. Bu mulohaza boʻyicha bahslar davom etmoqda, ammo men ishonamanki, mutatsiya virusning koʻpayishini tezlashtiradi va uning inson organizmida konsentratsiyasini oshiradi", deydi AQShning Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi.

Shu bilan birga, u bu fikr ilmiy isbotlanmaganligini va ayni holda virus kasallanganlar uchun yana-da xavfli boʻlib qolishini qoʻshimcha qildi.