Olingan tasvirlarda issiq plazmaning yorqin “sochlari”ni ko'rish mumkin, ular chuqurchaga o'xshash teshikdan “toj”ga oqadi. Ushbu chaqnovchi dog'lar granulalar sifatida tanilgan va har birining kengligi taxminan 1600 kilometrni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, fotosuratlarda “toj” ostida joylashgan Quyosh xromosferasi odatda ko'rinmas va faqat Quyoshning to'liq tutilishi paytida, xiralashgan yulduzning atrofida qizil halqa hosil qilganida ko'rish mumkin. Biroq, zamonaviy texnologiyalar bu muammoni hal qildi. Inouye teleskopi Manxetten oroli o'lchamidagi Quyosh xromosferasi detallarini “ko'rish” imkoniyatiga ega.
Shu bilan birga, xromosfera aniq silliq yuzaga ega emas, chunki undan doimo issiq tashlanmalarlar hosil bo'ladi, deyiladi korrespondent.net saytida.