O'zbekiston Respublikasida so'nggi 5 yil ichida atrof-muhit ifloslantiruvchi manbalar monitoringi Dasturi doirasida jami sub'ektlar soni 452 tadan 548 taga, ob'ektlar soni 293 tadan 620 taga, ifloslantiruvchi manbalar soni 2 815 tadan 5 839 taga oshirilishiga erishildi. Jumladan, 5,839 mingta manbalarda 22,6 mingta tahlillar o'tkazilib, 167 ta (27%) korxonalarning 539 ta manbalarida me'yordan ortiq holatlar aniqlandi.
Uni bartaraf etish choralari ko'rilib, atrof-muhitni muhofaza qilishga maqsadli yo'naltirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar o'tgan 5 yilda ya'ni, 2016-2020 yillarda o'rtacha yillik 2554,0 ming tonnadan (shundan, 898,2 ming tonnasi ya'ni, 39 % - sanoat korxonalariga, 1400,8 ming tonna 61% qo'zg'aluvchan manbalar hissasiga to'g'ri keladi) 255,0 ming tonnaga yoki 10%ga kamayib 2299,0 ming tonnani (shundan, 109,8 ming tonnasi yoki 43 % - sanoat korxonalarig, 145,2 ming tonnasi 57% qo'zg'aluvchan manbalar hissasiga to'g'ri keladi) tashkil etdi.
Bu ko'rsatgich 2016 yildagi ko'rsatkichga nisbatan jami 255,0 ming tonnaga, jumladan, qo'zg'almas manbalarda – 109,8 ming tonnaga yoki 10,7%ga va qo'zg'aluvchan manbalarda – 145,2 ming tonnaga yoki 9,3% ga kamaygan.