Unga ko‘ra, holat Toshkent shahar Tabiat resurslari boshqarmasi Yakkasaroy tuman inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.
Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi “Next” savdo markazining old tomonida joylashgan mazkur chinor daraxtlari tana qismi qurigani, yashovchanlik holati mavjud emasligi aniqlangan. Toshkent shahar Tabiat resurslari boshqarmasi mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasi brigadasi tomonidan kesish ishlari amalga oshirilgan.