Tanami choʻlida yashovchilarning aytishicha, gʻayriodatiy tabiat hodisasi ularni hayratga solgan. Yomgʻir boshlanishi bilan osmondan yomgʻir tomchilariga qoʻshilib tirik baliqlar ham yogʻilishni boshlagan.

“Bolalar baliqlarni terib, suv toʻla bankalarga solib qoʻyishdi”, — dedi guvohlardan biri.

Mutaxassislarning aytishlaricha, baliq yomgʻiri daryo va koʻllar orqali tornado yoki smerch oʻtishi natijasida yuzaga kelgan. Kuchli havo oqimi baliqlarni suv havvzalaridan soʻrib oladi, soʻngra boshqa bir joyga uloqtirib tashlaydi.

Oxirgi marta bunday noyob tabitat hodisasi (baliq yomgʻiri) Avstraliyada 2010-yilning mart oyida sodir boʻlgan.