Mazkur shtatning Atrof-muhitni muhofaza qilish departamenti xodimlari Konuey milliy bogʻidagi soʻqmoqni tozalash vaqtida qurbaqaga duch kelishdi.

“Yoʻlda oldimizga ilon sudralib kelayotgan edi, shuning uchun biz uni oʻtkazib yuborish uchun toʻxtadik va mashinadan tushishimiz bilan ulkan qamish qurbaqaga duch keldik”, deydi xiyobon qoʻriqchisi Kayli Grey.

Uning soʻzlariga koʻra, jonivor “oyoqli” futbol toʻpiga oʻxshaydi. Uning uzunligi taxminan 30 santimetr. Unga Jabzilla deb nom berildi.

“Bunday oʻlchamdagi qamish qurbaqasi ogʻziga sigʻadigan barcha narsalarni, jumladan, hasharotlar, sudraluvchilar va mayda sutemizuvchilarni yeydi”, dedi Grey.