Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Mamlakatda yangi qabul qilingan qonunga koʻra, ish beruvchi bunday yoʻl tutgan xodimlarni jazolay olmaydi. Qonun bugun, 26-avgust kunidan eʼtiboran kuchga kirdi.
Qonnuni qoʻllab-quvvatlovchilarning taʼkidlashicha, yangi qonun ishchilarga ish yuzasidan elektron pochta xabarlari, SMS va qoʻngʻiroqlar orqali boshliqlari tomonidan shaxsiy hayotiga doimiy tarzda xalaqit berilishiga qarshi turishga ishonch beradi. Ularning soʻplariga koʻra, ish vaqtidan keyin ham xodimlarni har xil usullar bilan bezovta qilish va shaxsiy vaqtlarini “oʻgʻirlash” SOVID-19 pandemiyasi davridan boshlab kuchaygan.
Nashrning yozishicha, 8 soatlik ish kunini joriy etgan birinchi mamlakat boʻlgan Avstraliyada bunday qonun qabul qilinishiga ehtiyoj hamisha seziladi.
Oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, avstraliyaliklar 2023-yilda oʻrtacha 281 soat qoʻshimcha ishlagan. Yaʼni, Avstraliya instituti hisobotiga koʻra, oʻtgan yili avstraliyalik xodim haftasiga oʻrtacha 5,4 soat haq toʻlanmaydigan ishni bajargan boʻlsa, 18 yoshdan 29 yoshgacha boʻlganlar esa 7,4 soat hech qanday pulsiz ishlagan.
Mamlakatning Adolatli mehnat komissiyasi tribunali tomonidan qoʻllaniladigan qoidalarni buzgan ish joylari 93 ming 900 Avstraliya dollari (63 ming 805 AQSH dollar) miqdorida jarimaga tortiladi. Avstraliya bunday qonunni joriy qilgan birinchi davlat emas. 2017-yilda Fransiya ishchilarni ish vaqtidan tashqari xabarlarga javob bermagani uchun jazolanishidan himoya qiluvchi qonunchilikni joriy qilgan boʻlsa, keyinchalik Germaniya, Italiya va Kanadada ham shunga oʻxshash choralar koʻrildi. 2021-yilda esa Portugaliyada ish beruvchi ish vaqtidan tashqari xodimiga qoʻngʻiroq qilsa yoki SMS xabar yozsa, jarimaga tortilishi mumkinligi belgilandi va xodimini bezovta qilishi taqiqlandi.