Muzokarada tomonlar o‘zaro hamkorlik bo‘yicha fikr almashdilar, o‘z talab va takliflarini bildirib, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Bugungi kunda aholi isteʼmolchilarining suv hisoblagichlari bilan taʼminlanganlik darajasi 51 foizini tashkil etadi. O‘zbekistonda 2019-yil yakunigacha hisoblagichlar soni 1,3 mln. tani tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yil oxirigacha bu ko‘rsatkich salkam 2 mln. donaga yetgan.
Suv hisoblagichlarining ko‘pgina ijobiy tomonlari mavjud bo‘lib, misol uchun, Toshkent shahrida hisoblagich o‘rnatilmagan isteʼmolchi uchun belgilangan meʼyorga ko‘ra 1 kishiga o‘rtacha 21 ming. so‘m oylik to‘lov hisoblansa, suv hisoblagich o‘rnatilgandan so‘ng ushbu to‘lovlar kamida 3 barobarga qisqaradi.