Bu haqda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi rasmiy saytida xabar berildi.
Maʼlumotda keltirilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 271-moddasi talablariga zid ravishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021-yil 2-iyuldan “Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”ga kiritildi va Internet tarmogʻida mazkur resursdan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish oʻrnatilgan tartibda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklandi.