Maʼlum boʻlishicha, oʻtkazilgan monitoring jarayonida Uzum Marketda 220 ga yaqin, Glotr va Olchada esa 50 ga yaqin kontrafakt mahsulotlar savdoga taklif etilayotgani aniqlangan.
Jumladan, ushbu mahsulotlar asosan kiyim-kechak, kosmetika hamda maishiy texnikalar boʻlib, “Puma”, “Lacoste”, “Adidas”, “Chanel”, “Eclat”, “Gucci”, “Samsung”, “Bosch” kabi brend belgilari bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar taklif etilayotgan.
Hozirda, huquqbuzarliklar oʻrganilib, huquq egalari munosabat bildirgach, zarur chora-tadbirlar koʻrilishi maʼlum qilindi. Shuningdek, intellektual mulk huquqlari buzilganda, Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni yoki info@adliya.uz elektron manziliga murojaat qilish soʻraldi.