“Loroben” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarilishiga chek qoʻyildi

    Sud tomonidan huquqbuzarga nisbatan 60 mln jarima qoʻllanildi

    Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva maʼlum qildi.

    Vazirlikka 2024-yil 1-chorak boʻyicha kelib tushgan jami 35 mingdan ortiq murojaatlarning 76 foizi qonuniy hal etildi.

    Fuqaro va tadbirkorlar manfaatida kiritilgan taʼsir choralari natijasida 538 mlrd. soʻmdan ortiq pul mablagʻi undirib berildi.

    Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha 3 179 ta taqdimnoma kiritildi, 3 830 nafar shaxslar maʼmuriy, 1 169 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi.

    Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 4,3 mln.dan ortiq xizmatlar koʻrsatilib, xizmat koʻrsatish jarayoni va bosqichlari soddalashtirilishi natijasida oʻrtacha xizmat koʻrsatish vaqti 7,5 daqiqani tashkil etmoqda:

    • 19 858 ta yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazildi;
    • 53 314 ta YATT davlat roʻyxatidan oʻtkazildi;
    • davlat xizmatlari markazlarida koʻrsatiladigan davlat xizmatlari turlari soni 355 taga yetkazildi.

    Sudlarga 189 mlrd. soʻmga yaqin 3 030 ta daʼvolar (arizalar) kiritilgan.