Ushbu holatda kontrafakt dori mahsulotlari qadogʻidagi soʻzlar “smekta” tovar belgisiga tasviriy jihatdan umumiy koʻrish taassurotlar asosida isteʼmolchini adashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan.
Mazkur huquqbuzarlik holatini bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “BMP" MCHJ rahbariga nisbatan taqdimnoma kiritildi.
Natijada huquqbuzar oʻz harakatlari qonunga zid ekanligi va zararli oqibatlari mavjudligini tushungan holda oʻzi tayyorlagan kontrafakt mahsulotlarning yorliqlarini yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qildi.