Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar E.N., N.O. va boshqalar “Koʻkcha darvoza” koʻchasida qoʻlbola usulda qadoqlangan jami 1 551 dona “MIF”, PERSIL”, “ARIEL”, “TAYD” nomli savdo belgilaridan foydalangan holda ushbu nomlar bilan qadoqlangan kontrafakt kir yuvish kukunlarini 2 600 AQSH dollari va 425 ming soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.