Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida, 2022-yil 28-dekabr kuni oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi koʻrinishga ega boʻldi:

Suyakli mol goʻshti 48 000 soʻmdan 78 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg suyakli mol goʻshtining minimal narxi, Navoiy shahrining “Sahovat bozori”dagi arzonlashtirilgan goʻsht rastalarida qayd etilgan (48 000 soʻm).

Suyakli mol goʻshtining maksimal narxi esa, Yangiyoʻl shahrining “Ixtisoslashtirilgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da kuzatildi (xususiy tadbirkorlar rastalarida 78 000 soʻm). Shu bilan birga, mazkur bozorlarda tashkil etilgan arzonlashtirilgan rastalarda mol goʻshti minimal 50 000 – 55 000 soʻmga sotilmoqda.

Qoʻy goʻshti 55 000 soʻmdan 91 000 soʻmgacha (kg)

Qoʻy goʻshtining minimal (55 000 soʻm, arzonlashtirilgan rastalarda), shuningdek, maksimal (91 000 soʻm, xususiy tadbirkorlar rastalarida) narxi ham kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” roʻyxatga olingan.

Kartoshka 3 000 soʻmdan 6 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga koʻra, Navoiy shahrining “Sahovat” bozori, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori” va Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”da tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo rastalarida sotilayotgan yirik boʻlmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (3 000 soʻm) qayd etilgan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da sotuvdagi saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6 000 soʻm) qayd etildi. Ushbu bozorlardagi arzonlashtirilgan rastalarda sotilayotgan kartoshkani minimal 3 500 – 4 000 soʻmdan xarid qilish mumkin.

Piyoz 3 000 soʻmdan 6 000 soʻmgacha (kg)

Piyoz mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Navoiy shahrining “Saxovat bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (3 000 soʻm) roʻyxatga olindi.

Maksimal narx sifatida esa, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da sotuvda boʻlgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (6 000 soʻm). Shuningdek, mazkur bozorlarda piyozni minimal 3 500 – 4 000 soʻmga ham xarid qilish mumkin.

Sabzi 2 000 soʻmdan 5 000 soʻmgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Navoiy shahrining “Saxovat bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (2 000 soʻm) qayd etilgan.

Sabzi mahsulotining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 5 000 soʻm darajasida qayd etilgan. Ushbu bozorlarda sabzining minimal narxi 2 000 – 4 500 soʻmni tashkil etdi.

Tuxum 10 000 soʻmdan 17 000 soʻmgacha (10 dona)

Kuzatuv natijasiga koʻra, Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, Fargʻona shahrining “Markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da arzonlashtirilgan tuxum rastalaridagi mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (10 000 soʻm).

Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (yirik saralangan tuxum 17 000 soʻm). Shuningdek, mazkur bozorlarda 10 dona mayda tuxumning minimal narxi 11 000 – 14 000 soʻmni tashkil etgan.

Guruch 6 000 soʻmdan 27 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga koʻra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori” (“Nukus-2” va boshqa mahalliy navli guruchlar, 6 000 soʻm) qayd etilgan.

Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” da 27 000 soʻmdan kuzatildi (“Lazer” navli guruch). Shu bilan birga, ushbu bozorda guruchning minimal narxi 10 000 soʻmni tashkil etgan.

Oʻsimlik yogʻi 16 000 soʻmdan 30 000 soʻmgacha (litr)

Oʻsimlik yogʻining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Qarshi shahrining “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”da (mahalliy paxta yogʻi 16 000 soʻm) kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozordagi xususiy tadbirkorlar rastalarida oʻsimlik yogʻini 24 000 soʻmga ham xarid qilish mumkin.

Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 30 000 soʻm) kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozorda oʻsimlik yogʻini minimal 18 000 soʻmga ham xarid qilish mumkin.

Shakar 11 000 soʻmdan 14 000 soʻmgacha (kg)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Navoiy shahrining “Saxovat bozori” va Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”da arzonlashtirilgan rastalarda (11 000 soʻm) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Navoiy shahrining “Saxovat bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori” va Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (14 000 soʻm) kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozorlarda shakarni minimal 11 000 – 12 000 soʻmga ham xarid qilish mumkin.

Mazkur maʼlumotlarning shakllanishi jarayonida, faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan (supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan).