Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati xabar qildi.
Modernizatsiya ishlari sababli quyidagi yoʻlovchi poyezdlar harakati bekor qilinadi va poyezdlar harakati jadvaliga oʻzgartirishlar kiritiladi:
-
- 2022-yilning 21 va 25-noyabr kunlari ikki reysga 760-sonli “Toshkent – Qarshi” “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi Toshkent bekatidan Samarqand bekatigacha amaldagi jadval asosida va 2022-yilning 21 va 25-noyabr kunlari ikki reysga 759-sonli “Qarshi – Toshkent” “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi Samarqand bekatidan Toshkent bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi (Qarshi vokzaligacha harakatlanmaydi);
- 2022-yilning 25-noyabr kuni 780/779-sonli “Toshkent – Qarshi – Toshkent” “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi bir reysga qatnovi toʻxtatiladi;
- 2022-yilning 25-noyabr kuni 4-sonli “Toshkent – Qarshi” poyezdi Toshkent bekatidan bir reysga, 2022-yilning 26-noyabr kuni 3-sonli “Qarshi – Toshkent” poyezdi Qarshi bekatidan bir reysga qatnovi toʻxtatiladi;
- 2022-yilning 24-25-noyabr kuni 80-sonli “Toshkent – Termiz” poyezdi Toshkent bekatidan ikki reysga, 2022-yilning 25-26-noyabr kuni 79-sonli “Termiz – Toshkent” poyezdi Termiz bekatidan ikki reysga qatnovi toʻxtatiladi.
“Hurmatli yoʻlovchilar, ushbu yoʻnalishlar uchun rasmiylashtirilgan chiptalar toʻliq qiymatda qaytariladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun ”Oʻztemiryoʻlovchi“ AJ uzr soʻraydi!” deyiladi xabarda.