Azizbek Abdusalomov 1992-yil 17-aprelda Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2017-2024-yillarda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis-texnolog, iqtisodchi.

A. Abdusalomov ilk mehnat faoliyatini Mingbuloq tumanidagi "Azizbek Abdusalomov" fermer xo‘jaligida boshlagan. Keyinchalik Mingbuloq tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Namangan viloyat Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari, kengash raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Namangan viloyati Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Namangan viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Mingbuloq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mazkur tayinlov viloyat hokimining tegishli qarori bilan amalga oshirildi.