Oʻzbekiston badiiy gimnastika federatsiyasi bahslarning taqvimini eʼlon qildi. Unga koʻra, 15-aprel - musobaqaning birinchi kuni boʻlib, bahslar start oladi va turnirning ochilish marosimi oʻtkaziladi. 16-aprel kuni gimnastikachilar koʻpkurash bahslarida (yakka va guruh mashqlari) gilamchaga chiqishadi. Shu kuni gʻolib va sovrindorlar nomiga aniqlik kiritilganidan soʻng taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.

17-aprelda sportchilar alohida yoʻnalishlar boʻyicha bahslarga kirishadi. Shundan soʻng, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan sportchilar sharafiga taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi. Jahon kubogi bahslarining soʻnggi kuni gala-konsert bilan yakunlanishi belgilangan.