Barqaror rivojlanish boʻyicha Mintaqaviy Forumi

    Xalqaro hamkorlik 12 Aprel 2022 1632

    BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining Barqaror rivojlanish boʻyicha Mintaqaviy Forumi doirasida “Quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Davlat ekologiya qoʻmitasi vakili ishtirok etdi.

    Davra suhbatida ekotizim xizmatlarini tartibga solish va qoʻllab-quvvatlash orqali bioxilma-xillikni saqlash hamda barqaror foydalanishda Oʻzbekiston tajribasi taqdim etildi.

    Shu bilan birga, Oʻzbekiston Hukumati tomonidan bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni taʼminlash uchun 2029-yilgacha strategik maqsadlar belgilab olinganligi taʼkidlandi.

    Xususan, bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishda barqaror moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish yoʻlida olib borilayotgan saʼy-harakatlari qayd etib oʻtildi, deb xabar beradi Davlat ekologiya qoʻmitasi matbuot xizmati.