Mazkur koʻrgazma Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Jeyms Simon galereyasiga tashrif buyuruvchilar ikki nafar homiy qiyofasidagi milodiy II asrga oid devoriy suratni tomosha qilishlari mumkin.
Koʻrgazmada namoyish etilayotgan freska buddaviylik ibodatxonalari hamda Kushon va Baqtriya ziyoratgohlarining ichki qismi bashang bezatilishiga mansub yorqin namunadir.
Old koʻrinishda tim qora sochli va oq kuylakdagi kishi tasvirlangan. Orqa tomondagi siymo qalin sochli va sariq libosda namoyon boʻladi. Erkaklarning chehralari rang-roʻyi va badiiyligi jihatidan haqqoniy gavlalantirilgan.
Devoriy suratni “Oʻzbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha” koʻrgazmasida Berlinda 2024-yilning 14-yanvariga qadar koʻrish mumkin.