Chiqindilarning tabiatga salbiy ta'sirini kamaytirish dolzarb vazifalardan biridir. YUrtimizda bu yo'nalishda so'nggi yillarda muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. CHiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalar barpo etilayapti. Surxondaryo viloyati Angor tumanida faoliyat yuritayotgan “Bio Texno Eco” MCHJ shulardan biri.
Mazkur korxonada maishiy chiqindilar klaster usulida qayta ishlanib, 10ga yaqin turdagi tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. e'tiborli tomoni shundaki, chiqindini qayta ishlash orqali tayyorlanayotgan mahsulotlar, jumladan, bugungi juda xaridorgir bo'lgan plastik quvurlar neft`-gaz granulalaridan tayyorlangan shunday quvurlardan ancha arzon. SHu bois, Evropa texnologiyalari asosida faoliyat ko'rsatuvchi ushbu korxonaning xorijiy hamkorlari ham tobora ko'payib bormoqda.
-Korxonamiz yiliga 25,500 tonna chiqindilarni saralash, truba, plastmass moyka uskunalari, salafan moyka, salafan granulla va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatiga ega,- deydi korxona rahbari Ilhom Boqijonov.- Korxona tomonidan 210 ta doimiy ish o'rinlari tashkil etildi.
Mazkur jamiyatga chiqindilarni saralash, yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun 4 gektar er maydoni ajratib berilgan. Ushbu chiqindilarni saralash va yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish kompleksining ishga tushirilishi hisobiga Angor, Termiz shahri Termiz tumanlarida hosil bo'layotgan chiqindi mahsulotlarining 100 % qismi texnologiyada saralanib ikkilamchi yarim tayyor mahsulot sifatida foydalanilmoqda.
Bundan tashqari, ushbu jamiyat tomonidan ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar natijasida jamiyatning o'zida poleetilin quvurlar ishlab chiqarilmoqda va gilam ishlab chiqaruvchi tsexlarga granulalar etkazib berilmoqda.
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan chiqindini qayta ishlashga ixtisoslashgan mazkur zamonaviy korxonaga presstur tashkil etildi. Tadbirda jurnalistlar va blogerlar ishlab chiqarishning barcha tsikllari bilan batafsil tanishtirildi, deb xabar beradi qo'mitaning axborot xizmati.