Ipak iplarini olish nafaqat texnologiya va inson mehnatiga, balki tabiiy jarayonlarga ham bog‘liq.

Ipak qurti kapalagi 500 tagacha tuxum qo‘yadi. 20-25 kundan so‘ng ipak qurtlari tuxumdan chiqadi, ular 30 kun davomida tut barglari bilan oziqlanadi.

Barglarni yeyish jarayonida, ipak qurtlarining vazni 10 ming barobargacha ortadi. Ipak qurti o‘z atrofida pilla to‘qishni boshlaydi. 48 soat ichida ipak qurti 1500 metr atrofida ipak ipini to‘qiydi. 

Ipakchilar pillalarni kapalaklar paydo bo‘lgunga qadar terib olishi lozim, aks holda ular ipak bilan oziqlanib, uni sifatsizlantirishi mumkin.