Oʻtkazilgan 2 600 dan ortiq tezkor tadbirlar natijasida 18 ta uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi, 51 ta guruh tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan qonuniy choralar koʻrildi.

Tadbirlar davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlanayotgan 104 ta turli xildagi qurol, 987 dona oʻq-dori hamda 1,5 kilogramm portlovchi moddalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, 123 kilogramm narkotik moddalar, 57 ming dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ushbu yoʻnalishdagi ishlar izchil davom etmoqda.