Bir klubning 25 nafar futbolchisida koronavirus infektsiyasi aniqlandi

    Sport 30 Iyun 2020 974

    "Kaysar" bosh murabbiyi Stoycho Mladenovning Sports.kz ga bergan xabariga ko'ra, klub sportchilarida koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan.

    “Kaysar” ning 10 nafar oʻyinchisi koronavirus uchun topshirilgan test musbat natijani koʻrsatgan. Agar “Boyqoʻngʻir” yoshlar jamoasining oʻyinchilari bilan qoʻshib hisoblaganda, kasallikka chalinganlarning umumiy soni 25 nafarni tashkil etmoqda. Men va murabbiylar shtabi vakillari, shuningdek, Bolgariyadan kelgan Aleksandar Kolev koronavirusga qarshi test topshirdik.

    Endi nima boʻladi? 1-iyul kuni “Qaysar” maydonga tushadimi?

    Biz bilmaymiz. Bugun mashgʻulot bekor qilindi, biz qarorni kutmoqdamiz.

    Eslatib oʻtamiz, taqvimga koʻra, 1-iyul kuni “Qaysar” Qozogʻiston chempionati uchun “Taraz” bilan maydonga tushishi kerak edi.