Bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi

    Ta'lim 5 Iyun 2021 4126

    Oldingi yil bitiruvchilari kirish test imtihonlarini topshiradi

    Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev maʼlum qildi.

    Keyingi yillarda bitiruvchilarga davlat tomonidan oliy taʼlim olish boʻyicha katta imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shulardan biri sifatida bitiruvchilarning ortiqcha ovora boʻlmasliklari, faqat bir marta imtihon topshirish bilan OTMga kirish imkoniyatini yaratish nazarda tutilmoqda.

    Maktab, akademik litseylar bitiruvchilarining yakuniy davlat imtihonlarini kirish test sinovlariga tenglashtirish, yaʼni unifikatsiya qilish toʻgʻrisida qaror loyihasi ishlab chiqilgan va tegishli davlat organlariga taqdim etilgan.

    Lekin oldingi yillarda bitirgan abituriyentlar uchun kirish test sinovlari alohida oʻtkaziladi.

    Shu oʻrinda eslatish lozim, bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari qanday tartibda boʻlsa, yakuniy davlat imtihonlari ham shu tartibda tashkil etiladi (maktablarda emas).