Infeksiyaning tarqalishini nazorat qilgan holda imkon qadar tezroq maktablarni qayta ochish kerak. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish pandemiya paytida taʼlim toʻgʻrisidagi videomurojaatida aytib oʻtdi, deya xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.
Birlashgan Millatlar tashkiloti rahbari toʻrt qismdan iborat rejani bayon qildi. Uning asosiy maqsadi taʼlim sohasidagi pandemiyaning halokatli oqibatlarining oldini olishdir. Bosh kotib dunyoning pandemiyadan oldin taʼlim inqiroziga duch kelganini esladi: turli mamlakatlarda maktab yoshidagi 250 milliondan ortiq bolalar maktabga bora olmadilar. Qolaversa, rivojlanayotgan mamlakatlarda oʻrta maktab oʻquvchilarining atigi toʻrtdan bir qismi kerakli asosiy koʻnikmalarni tugatgan.
Antoniu Guterrishning soʻzlariga koʻra, COVID-19 pandemiyasi zamonaviy tarixda dunyodagi taʼlim tizimidagi eng katta muvaffaqiyatsizlikka olib keldi. Iyul oyi oʻrtalariga kelib, 160 dan oshiq mamlakatlarda maktablar yopildi, bu esa milliardga yaqin oʻquvchilarga taʼsir koʻrsatmoqda.
Dunyo boʻyicha kamida 40 million bola maktabdan chetlatildi. Ota-onalar, ayniqsa, ayollar bolalarni boqish va uy sharoitida tarbiyalashning ogʻir yukini koʻtarishlari kerak boʻldi.
“Shuningdek, nogiron talabalar, och va kam taʼminlangan jamoalar, qochoqlar va olis hududlardagi odamlar tahsil olishda umidsiz qolib ketish xavfi katta”, deydi Bosh kotib.
Ushbu ogʻir vaziyatni toʻgʻrilash uchun BMT xalqaro hamkorlar bilan birgalikda “Bizning kelajagimizni saqlang!” deb nomlangan toʻrt bosqichli kampaniyasini boshlamoqda.
Birinchidan, BMT rahbarining soʻzlariga koʻra, xalqaro hamjamiyat maktablarning imkon qadar tezroq ochilishiga erishishi kerak.
Ikkinchidan, moliyaviy oqimlarni taqsimlashda taʼlimga ustuvor ahamiyat berish kerak. Inqirozdan oldin past va oʻrtacha daromadli maktablarda taʼlimni moliyalashtirish uchun yiliga 1,5 trillion mablagʻ ajratilgan. Endi bu tafovut sezilarli darajada oʻsdi. Antoniu Guterrishning taʼkidlashicha, taʼlim dasturlarining byudjetlari qisqartirishlardan saqlanishi, iloji boʻlsa koʻpayishi kerak.
Uchinchidan, BMT rahbarining fikriga koʻra, maʼrifiy tashabbuslar ortda qolib ketish xavfi yuqori boʻlganlar, yaʼni favqulodda vaziyatlar va inqiroz zonalarida yashovchi bolalar va oʻsmirlar, ochlik iskanjasida qolganlar va nogironlarga yetkaziladigan tarzda tuzilishi kerak.
Toʻrtinchidan, taʼlimning kelajagiga bugungi kunda gʻisht qoʻyilayotganini tushunishimiz kerak. Pandemiya sharoitidagi hozirgi avlodning pedagogik usul va tamoyillarni qayta koʻrib chiqish imkoniyati mavjud.
- Biz kelajakda barchaga sifatli taʼlim beradigan global barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʻlida qadam qoʻyishimiz zarur, - deya taʼkidladi Bosh kotib.