BMTning dengiz huquqi to'g'risidagi konvensiyasida belgilangan tamoyillarga asoslanib, mazkur hujjat jahon okeanining uchdan ikki qismini muhofaza qilishning huquqiy asoslarini sezilarli darajada mustahkamlaydi. Xususan, okean va uning resurslarini o'zlashtirishda xalqaro va idoralararo hamkorlikning zaruriy asoslarini belgilaydi.
Qayd etilishicha, zaharli kimyoviy moddalar va millionlab tonna plastik chiqindilar qirg'oq ekotizimlarini to'ldirib, baliqlar, dengiz toshbaqalari, qushlari va sutemizuvchilarining halok bo'lishiga olib keladi yoki katta zarar yetkazadi. Bundan tashqari, xavfli zarralar inson iste'mol qiladigan ovqatlar tarkibida ham uchraydi.
Shartnoma okeanni ifloslantiruvchilarga javobgarlikni yuklaydi va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nizolarni hal qilish mexanizmlarini belgilaydi. Uning qoidalariga ko'ra, o'z milliy yurisdiksiyasidan tashqaridagi suv havzalarida rejalashtirilgan har qanday faoliyat uchun tomonlar o'z harakatlarining atrof-muhitga potensial ta'sirini baholashlari shart.
Bundan tashqari, u baliq zahiralarining haddan tashqari ekspluatatsiyasiga qarshi kurashish bo'yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirishni ta'minlaydi va okeanlarni boshqarish, ekotizimlarning iqlim o'zgarishi va okeanlarning kislotalanishining salbiy oqibatlarini yengib o'tishga qaratilgan kompleks yondashuvni taklif etadi.
Hujjat 2023-yil 20-sentabrdan boshlab ikki yil davomida imzolanish uchun taqdim etiladi. Hujjat 60 ta davlat uni ratifikatsiya qilganidan keyin kuchga kiradi, deb xabar beradi korrespondent.net.