Uchrashuvda Ekologiya vazirligi va BMTTD oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, umumiy qiymati 10 million dollardan ortiq qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, bioxilma-xillikni asrash, Orolboʻyining suv-botqoq yerlari, oʻrmonzorlar barpo etish, chiqindilar va xavfli kimyoviy moddalar bilan ishlash va boshqa yoʻnalishlarda umumiy byudjeti 20 million dollar boʻlgan yangi loyihalarni ishga tushirishga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar “Yashil Makon” tashabbusini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash uchun bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar» loyihasi doirasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzoladilar, shuningdek, 2025-yilda ishga tushiriladigan Kichik grantlar dasturining navbatdagi bosqichini boshlash boʻyicha kelishuvga erishildi.
Maʼlumot uchun: Global ekologik fond (GEF) tomonidan moliyalashtiriladigan Kichik grantlar dasturi Oʻzbekiston boʻylab mahalliy hamjamiyatlarni, jumladan, tumanlar, assotsiatsiyalar, fermerlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va akademik institutlarni landshaftga oid yondashuvlarga jalb etish orqali ularning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Uchrashuv yakunida Ekologiya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va GEFning qoʻshma loyihasi — “Aral wetlands” doirasida 8 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga (METH) professional uskunalarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot xizmati.